Sinov rejimi: SMS xabarlar yuborilmaydi, ma'lumotlar o'chirilishi mumkin. Haqiqiy ma'lumot kiritmang.

O'quv markazlari uchun

Lid kelganidan sertifikatgacha — bitta tizimda

CRM, guruhlar va davomat, to'lovlar va qarzdorlik, Payme/Click/Uzum, ota-onalar uchun Telegram bot, onlayn darslar, testlar va AI yordamchi.

Karta so'ralmaydi · barcha funksiyalar barcha tariflarda

Markazga kerak bo'lgan hamma narsa

Har bir bo'lim boshqasi bilan bog'langan: lid o'quvchiga aylanadi, davomat to'lovga, to'lov maoshga.

CRM va lidlar

Saytdagi forma, Telegram va qo'ng'iroqdan kelgan lidlar, bosqichlar, vazifalar, sinov darsi va bir bosishda o'quvchiga aylantirish.

Guruhlar va jadval

Xona va o'qituvchi to'qnashuvini tekshiruvchi jadval, bayramlar, ko'chirilgan va bekor qilingan darslar.

Davomat va baholar

O'qituvchi darsda bir necha soniyada belgilaydi. Davomat olinmasa ogohlantirish keladi, kelmagan o'quvchining ota-onasiga xabar ketadi.

Moliya

Tariflar faktlardan hisoblanadi: qo'shilish, muzlatish, chiqish, qoldirilgan dars. Qarzdorlik, kassa, xarajatlar, oy yopish.

Onlayn to'lov

Payme, Click va Uzum markaz hisobiga to'g'ridan-to'g'ri, fiskal chek bilan. Ota-ona havola yoki botdan to'laydi, to'lov o'zi yoziladi.

Telegram bot va kabinet

Markazning o'z boti: davomat, baholar, qarz eslatmasi, uy vazifasi. O'quvchi va ota-ona kabineti — Mini App'da ham.

Onlayn darslar va testlar

Mavzular, mashqlar, lug'at trenajyori, uy vazifalari, jonli imtihon va daraja aniqlash testi, sertifikatlar.

AI yordamchi

Test savollari, dars rejasi, uy vazifasini birinchi tekshirish, ota-onaga oylik hisobot, markaz ma'lumotlari bo'yicha savol-javob.

Maosh va KPI

Oklad, dars uchun, soatbay, o'quvchi boshiga yoki tushumdan foiz. Avans, bonus, ushlab qolish va o'qituvchilar KPI.

Direktor paneli

Tushum, xarajat, sof foyda, qarzdorlik, faol va ketgan o'quvchilar, lid konversiyasi — filiallar yonma-yon.

Nega aynan biz

Pul yo'qolmaydi

Majburiyat va to'lov alohida yuritiladi, har bir so'm eng eski qarzdan taqsimlanadi, yozuvlar o'chirilmaydi. Yopilgan oy o'zgarmaydi.

Ota-ona Telegram'da

Xabarlar avval Telegram'ga boradi — SMS'ga pul faqat bot ulanmaganlar uchun ketadi. Bir nechta farzand bitta joyda.

LMS va AI bitta tizimda

Darslar, testlar va AI markaz ma'lumotlari bilan bog'langan: natijalar jurnalga, coinlar va hisobotga o'zi tushadi.

Ochiqlik

Ochiq yo'l xaritasi, hozircha nima yo'qligi ro'yxati, ochiq status sahifasi va ma'lumotlarni to'liq eksport qilish.

Narxlar

Faol o'quvchilar soni bo'yicha. Barcha tariflarda barcha funksiyalar bor.

  • Barcha funksiyalar, filiallar va xodimlar soni cheklanmagan
  • Limitdan oshsangiz tizim bloklanmaydi — tarifni oshirishga 14 kun
  • Excel'dan import va ishga tushirishda bepul yordam
  • Bank o'tkazmasi yoki Payme orqali, hisob bilan

Ochiq yo'l xaritasi

Nima tayyor, nima ustida ishlayapmiz va nima keyin bo'ladi.

Tayyor

  • Filiallar, xodimlar, rollar, guruhlar, jadval, davomat
  • Tariflar, to'lovlar, qarzdorlik, xarajatlar, oy yopish
  • Lidlar, voronka, saytdagi formalar, sinov darslari
  • SMS va Telegram bot, avtomatik xabarlar
  • Payme, Click, Uzum, fiskal chek, maosh
  • Kabinet, darslar, uy vazifalari, testlar, coinlar, sertifikatlar, AI
  • O'zi ro'yxatdan o'tish, tariflar, status sahifasi

Keyingi

  • Pilot markazlar fikri bo'yicha yaxshilashlar
  • Mobil ilova (hozir Telegram Mini App va telefonga mos sayt)
  • IELTS, CEFR va Milliy sertifikat mock imtihonlari
  • Didox / Faktura.uz orqali elektron hisob-faktura

Rejada

  • Chuqur analitika: LTV, kogortalar, reklama manbasi samaradorligi
  • Telegram va Instagram yozishmalari lid kartasida, IP-telefoniya
  • QR, turniket va FaceID orqali davomat
  • Ochiq API, webhook'lar, o'z domeni

Hozircha nima yo'q

Sotishdan oldin halol aytamiz — bular hali tayyor emas.

  • App Store / Google Play ilovasi

    O'quvchi va ota-ona kabineti Telegram Mini App va telefon brauzerida ishlaydi.

  • IELTS va CEFR mock imtihonlari

    Oddiy testlar va jonli imtihon bor; imtihon formatidagi maxsus modullar keyinroq.

  • Elektron hisob-faktura (Didox)

    Hozircha to'lov uchun hisobni chop etib berasiz yoki PDF qilib saqlaysiz.

  • IP-telefoniya

    Qo'ng'iroqlarni yozib olish va lid kartasiga bog'lash hali yo'q.

  • Instagram yozishmalari

    Lidlar Telegram bot va sayt formalaridan avtomatik tushadi; Instagram'dan — qo'lda.

  • O'z domeni va brending

    Markaz manzili bizning subdomenda bo'ladi (markaz.domen).

  • Ochiq API va webhook'lar

    Boshqa tizimlar bilan ulanish uchun API hali ochilmagan; eksport Excel orqali.

  • Obunani Click yoki Uzum orqali to'lash

    Obuna uchun hozircha bank o'tkazmasi va Payme. Markazingiz o'quvchilaridan esa Payme, Click va Uzum orqali pul qabul qiladi.

Ko'p beriladigan savollar

Sinov muddati qanday ishlaydi?

Ro'yxatdan o'tgach 14 kun barcha funksiyalardan bepul foydalanasiz (taklif havolasi bilan — 30 kun). Kiritgan ma'lumotlaringiz to'lovdan keyin ham saqlanadi.

Karta kerakmi?

Yo'q. Sinov tugashidan oldin «Obuna» bo'limida tarifni tanlab, bank o'tkazmasi yoki Payme orqali to'laysiz.

O'quvchilar soni tarifdan oshsa nima bo'ladi?

Hech narsa bloklanmaydi. Tarifni oshirishga 14 kun beriladi, keyin keyingi hisob mos tarif bo'yicha chiqadi.

Ma'lumotlar qayerda saqlanadi?

Qonun talabiga ko'ra O'zbekiston hududidagi serverlarda. Har bir markaz ma'lumotlari ma'lumotlar bazasi darajasida boshqalardan ajratilgan.

Boshqa tizimdan qanday o'tamiz?

O'quvchilar ro'yxatini Excel'dan import qilasiz. Ishga tushirishda bepul yordam beramiz.

To'lov kechiksa-chi?

Muddat tugagach yana 7 kun hammasi ishlaydi. Keyin tizim faqat ko'rish rejimiga o'tadi: ma'lumotlar saqlanadi, o'quvchilar kabineti va ularning to'lovlari to'xtamaydi.

Voz kechsam bo'ladimi?

Ha, istalgan vaqtda — keyingi hisobni to'lamaysiz. Ma'lumotlaringizni Excel'ga eksport qilib olishingiz mumkin.

Bugun boshlang

Ro'yxatdan o'tish bir daqiqa oladi. Markazingiz o'z manzilida darhol ochiladi.

14 kun bepul sinab ko'rish